Bepushtlik tashxisi muntazam jinsiy aloqa qilib, bir yil davomida kontratseptivlardan foydalanilmagan hollarda qo'yiladi. U birlamchi (hech qachon homilador bo'lmagan) va ikkilamchi (avval homilador bo'lgan) turlarga bo'linadi.
Sabablari:
- Prolaktin ortiqcha ishlab chiqarilishi
- Gipofiz o'smasi
- Endometrioz
- Tuxum kanallarining to'silishi
- Tug'ma jinsiy a'zolar buzilishi
- Jinsiy a'zolarning yallig'lanishi
- Hayz siklining buzilishi
- Autoimmun kasalliklar
- Psixologik muammolar
Alomatlari:
Muntazam jinsiy aloqa qilib, bir yil davomida homilador bo'lmaslik.