Kasalliklar

ERKAK VA AYOLLAR BEPUSHTLIKNI DAVOLASH

Bepushtlik — bu insonning farzand ko‘ra olmaslik holati. Agar juftlik bir yil davomida jinsiy hayot kechirsalar va farzand ko‘rishga harakat qilsalar, lekin muvaffaqiyatga erishmasalar, bepushtlik deb hisoblanadi. Bu holat nafaqat ayollarda, balki erkaklarda ham bo'lishi mumkin.

Erkaklardagi bepushtlik sabablari:

- Tug‘ma nuqsonlar

- Yallig'lanish kasalliklari yoki jarohatlar

- Jinsiy maylning pasayishi

- Endokrin tizimdagi o‘zgarishlar

- Urug' suyuqligida sperma yetishmasligi yoki ularning zaif faoliyati

Ayollardagi bepushtlik sabablari:

- Bachadon va tuxum yo'llarining yallig‘lanishi

- Tuxumdon muammolari

- Infektsion kasalliklar natijasida nerv sistemasidagi o‘zgarishlar

- Jinsiy a'zolarning rivojlanmasligi

 

Agar ayolning bachadon naylari to‘silib qolsa yoki tuxum hujayrasi spermatozoid bilan uchrashishi qiyinlashsa, bu ham bepushtlikka olib kelishi mumkin.

Bepushtlikni aniqlash uchun er-xotin tibbiy tekshiruvdan o'tkaziladi. Agar muammo tezda aniqlanib, sabablarini bartaraf etilsa, yaxshi natijaga erishish mumkin.